AQSh tariflari transchegaraviy savdoga zarba berar ekan, bozordagi pasayish chuqurlashmoqda

AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan joriy etilgan keng ko‘lamli yangi import tariflari sababli global moliyaviy bozorlar notinchlikka yuz tutdi.

S&P 500 indeksi “ayiqlar bozori” chegarrasiga yaqinlashmoqda, neft narxlari pasaymoqda, Osiyo va Yevropadagi asosiy fond indekslari esa keskin qulamoqda.

Bu moliyaviy notinchlik ortida yanada chuqurroq voqelik — global ta’minot zanjirlarining uzilishi va transchegaraviy ishlab chiqarish hamda savdoga asoslangan sanoatlarning bosim ostida qolishi yotibdi. Prezident Trump tomonidan qabul qilingan yangi tariflarni keng miqyosda qo‘llash qarori butun dunyo iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Vyetnam va Bangladesh — jahonning eng tez rivojlanayotgan eksport markazlaridan ikkitasi — mos ravishda 46% va 37% tariflarga duch kelmoqda. Ushbu davlatlar Nike va Lululemon kabi Amerika brendlari uchun sport kiyimlari, elektronika va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim bo‘g‘inga aylangan.

Bangladesh Tikuvchilik va Eksportchilar Assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Bangladesh har yili AQShga 8,4 milliard dollar qiymatidagi kiyim-kechak eksport qiladi.
Vanguard kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha bosh iqtisodchisi Qian Wang shunday deydi: “AQSh tariflarining oshirilishidan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan mintaqa — bu Osiyo. Bu holat global va Osiyo iqtisodiyoti uchun, ayniqsa kichik ochiq iqtisodiyotlarga, qisqa va uzoq muddatda ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.”